Daryo

O‘zbekistonda 600 mingga yaqin bola 1-sinfda o‘qishni boshladi

Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirilgan

1 daqiqa o‘qish20 624 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xalq ta’limi vazirligi

6-sentabr kuni O‘zbekistondagi 10 083 ta umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qabul qilinib, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda O‘zbekiston mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ma’lum sabablarga ko‘ra, maktabga bora olmagan bolalar uchun parallel ravishda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida MTRK telekanallari orqali ham uydan ta’lim olishga imkoniyat yaratilgan.

Bundan avval O‘zbekistonda o‘quvchi qizlarning maktabga ro‘mol o‘rab kelishiga ruxsat berilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “Maktab yoshiga yetgan bolalar maktabga chiqolmay qolib ketaveradimi?” – Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov maktabga qabul qilishning elektron tizimidagi kamchiliklarni tanqid qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar