Daryo

Chirchiq daryosi o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan besh kishi qutqarildi

FVV xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan fuqarolar maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilgan

1 daqiqa o‘qish92 684 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Bo‘stonliq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan besh nafar fuqaro qutqarildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

15-avgust kuni soat 10:30 da Chirchiq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining navbatchilik qismiga Bo‘stonliq tumani “Yangiovul” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasidagi orolchada besh nafar fuqaro qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar Chirchiq daryosi bo‘yida dam olish maqsadida daryo o‘zanida joylashgan orolchaga o‘tib borgan. Ammo suv sathining keskin ko‘tarilganligi va oqim tezlashganligi tufayli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmagan.

Mazkur holat bo‘yicha Chirchiq shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv otryadi suvda qidiruv-qutqaruv guruhi qutqaruvchilari zudlik bilan belgilangan hududga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan besh nafar fuqaro maxsus kichik hajmli kemada qirg‘oqqa olib o‘tilgan.

Bundan avval Toshkentning Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola qutqarilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar