Daryo

Toshkentda spa-salonga borgan yigitning yonidan pichoq va psixotrop vositasi topildi (video)

Ta’kidlanishicha, fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan tegishli tartibda chora ko‘rilgan

1 daqiqa o‘qish52 653 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Toshkent shahrida olib borilgan tungi reydlarning birida spa-salonga kelgan yigitning yonida sovuq qurol va prixotrop vositasi borligi aniqlandi, deb xabar beradi UzNews.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi spa-salonlarning birida tungi reyd olib borilgan. Mijozlardan birini tekshirish vaqtida uning sumkasida pichoq borligi va shimiga psixotrop vositasini yashirib olgani ma’lum bo‘lgan.

“O‘zimning himoyam uchun olib yuribman. Agar menga tiqishsa, men ham tiqaman. Hozir tiqadiganlar ko‘payib ketgan. Dinda ham erkakka pichoq olib yurish yozilgan-ku”, — deydi u pichoq olib yurganining sababi so‘ralganida.

Ta’kidlanishicha, fuqaroga nisbatan IIB xodimlari tomonidan tegishli tartibda chora ko‘rilgan.

Avvalroq buxorolik haydovchi ko‘p miqdordagi giyohvand modda bilan qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida SPA-salon va sauna niqobida fohishaxona tashkil qilgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar