Daryo

Buxorolik haydovchi ko‘p miqdordagi giyohvand modda bilan qo‘lga olindi

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish37 674 ko‘rishlar0 izoh0

Buxoro viloyatining Kogon shahrida ko‘p miqdorda giyohvand modda olib ketayotgan haydovchi qo‘lga olindi. Holat viloyat IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 26-iyul kuni viloyat IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida “Qoradori—2021” tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda Kogon shahrining “Xo‘jabargi” mahallasidagi Bargchinor ko‘chasidan o‘tuvchi Qorovulbozor—Buxoro yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan barcha avtomashinalar nazoratdan o‘tkazilgan. Fuqaro Soli Aslonov (ism-familiya o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi Nexia-2 temiryo‘l poyezdi yo‘lidan o‘tish vaqtida to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, eshik dastagi hamda yukxonadan qora sellofan paketga solingan jami 12 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutida qadoqlangan giyohvandlik vositasi topilgan.

Kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, quritilgan o‘tkir hidli vositalar tetragidrokannabinol bo‘lgan. Vazni 50,17 gramm bo‘lgan tetragidrokannabinol hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Soli Aslonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar