Daryo

OTB O‘zbekistonda STEM ta’limini rivojlantirishga 100 mln dollar ajratadi

Loyiha maktablarda 7−11-sinflarda STEM yo‘nalishida ta’limni rivojlantirishga qaratilgan

1 daqiqa o‘qish22 188 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xalq ta’limi vazirligi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida 100 million AQSh dollarlik loyihani amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Loyiha maktablarda 7−11-sinflarda STEM yo‘nalishida ta’limni rivojlantirishga qaratilgan.

STEM fanlari (Science, Technology, Engineering, Mathematics) bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklarning standartlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarni tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olish, maktab binolarini ta’mirlash va ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, loyihada O‘zbekistondagi maktablarda o‘quvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Loyiha 2020−2022-yillarda O‘zbekistonda mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi, hukumatning so‘nggi tashabbuslari va Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Avvalroq O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatilishi, mamlakatdagi ta’lim maskanlariga xorijlik o‘qituvchilar jalb qilinishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “Maktab o‘qituvchilariga yangi adabiyot va qo‘llanmalarni sotib olish uchun budjetdan 1 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi” – Shavkat Mirziyoyev

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar