Daryo

G‘ofur Rahimov AIBA prezidentiligidan butunlay ketdi

AIBA sobiq prezidenti G‘ofur Rahimov tashkilot rahbarligi lavozimini butunlay tark etdi

1 daqiqa o‘qish69 168 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

AIBA sobiq prezidenti G‘ofur Rahimov tashkilot rahbarligi lavozimini butunlay tark etdi. Bu haqda AIBA’ning rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: AFP

Avvalroq Rahimov vaqtinchalik iste’foga chiqqani va uning o‘rniga Muhammad Mustasan Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov G‘ofur Rahimovning lavozimini tark etishi lozimligini va tashkilotni bankrotlikkacha olib kelgani uchun boks jamoasidan uzr so‘rashi kerakligi haqida ma’lum qilgandi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) AIBA’ning vakolatlarini cheklab qo‘ydi. Boks assotsiatsiyasining huquqlari Olimpiada—2020 musobaqasidan so‘ng qayta tiklanishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar