Daryo

Toshkentda bir tonnadan ortiq giyohvandlik vositalari yoqib yuborildi (foto va video)

Fosh etilgan jinoyatlardan 1814 tasi narkotiklarni o‘tkazish-sotish, 304 tasi — kontrabanda, 1521 tasi — giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish, 49 tasi — bangixonalar tashkil etish va 2344 tasi — boshqa jinoyatlardan iborat

3 daqiqa o‘qish33 817 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

24-avgust kuni Toshkent shahridagi zavodlarning birida jami 1 tonna 350  kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tadbir 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan DXX tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olingan giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish choralari doirasida tashkil etilgan. Tashkilotchilar tadbir oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida zavoddagi ta’mirlash ishlari tufayli mazkur jarayon avgust oyida tashkil etilayotganini ma’lum qilishdi.

Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omil - qo‘shni Afg‘onistonning hanuzgacha giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda yetishtirishi, dunyoning turli mintaqalariga O‘zbekiston hududi orqali eksport qilinishidir. Tahlillarga ko‘ra, bu yerda o‘tgan yilda 224 ming gektar maydonlarda 6,3 ming tonna opiy yetishtirilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta jinoyat fosh etilgan. Natijada, 1 tonna 542,6 kg narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28,5 foizga ko‘paygan. 2020-yilda 28,4 kg geroin, 124,1 kg opiy, 127,3 kg gashish moyi, 323,9 kg ko‘knor, 692,8 kg marixuana, 223,9 kg gashish, 692,8 kg marixuana, 279,4 g kokain, 1229,7 g sintetik narkotik moddalar, 446,98 g boshqa narkotik moddalar ushlab qolingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Opiy moddasi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Gashish moddasi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Geroin moddasi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Geroin moddasi OAVga ko‘rsatilmoqda.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Marixuana moddasi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Giyohvandlik vositalari yoqish uchun pech yaqiniga olib borilmoqda.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Yoqilgan moddalar tutuni zavodning maxsus hududi uzra shunday “tuman” hosil qildi.Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Fosh etilgan jinoyatlardan 1814 tasi narkotiklarni o‘tkazish-sotish, 304 tasi — kontrabanda, 1521 tasi — giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirish, 49 tasi — bangixonalar tashkil etish va 2344 tasi — boshqa jinoyatlardan iborat.

2020-yilda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq 53 ta holatlarda jinoyatlarni sodir etgani uchun 55 nafar chet el fuqarosi (Afg‘oniston (23), Tojikiston (9), Rossiya (6), Moldova (2), Qozog‘iston (9), Qirg‘iziston (6)) qo‘lga olindi. Ulardan 303,2 kilogramm giyohvand moddalar olib qo‘yilgan.

“Qora dori – 2020” tadbiri davomida jami 973 holatda 5737 kvadrat metr maydonda tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklar, shu jumladan, 3251 kvadrat metr – ko‘knor, 2486 kvadrat metr – nasha ekinlari ekilganligi aniqlangan. O‘zbekistonda giyohvand moddalarni nazorat qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda xuddi shunday tadbirda 626 kilogramm 981 gramm giyohvandlik vositalari yoqib yuborilgan.

Bundan avval buxorolik haydovchi ko‘p miqdordagi giyohvand modda bilan qo‘lga olingani, Farg‘onada Tojikistondan qariyb 2 kg gashish olib o‘tgan shaxs va uning sherigi DXX xodimlari tomonidan ushlangani hamda Farg‘onada olma bog‘ida kannabis yetishtirgan fuqaro aniqlangani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar