Daryo

Uzbekistan Airways samolyotlari Afg‘oniston havo hududini chetlab uchishni boshladi

Natijada Hindistonga parvozlar davomiyligi 1,5 soatga uzaydi

1 daqiqa o‘qish56 266 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uzbekistan Airways boshqa aviakompaniyalar samolyotlari qatori Afg‘oniston hududini aylanib o‘tishni boshladi. Bunga “Novosti Tashkentskogo neba” Telegram kanali e’tibor qaratdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

17-avgust kuni aviakompaniyaning Boeing 787-8 Dreamliner, UK-78706 samolyoti Afg‘oniston havo hududini chetlab o‘tib, Toshkent—Dehli—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-421 / HY-422 reyslarini amalga oshirdi.

“Aftidan, parvoz davomiyligi uzaydi — odatda, bu (bir tomonlama) parvoz, taxminan, 2,5 soat davom etgan bo‘lsa, bugun uchish vaqti 3 soat 53 minutni tashkil etdi”, — deb qayd etilgan xabarda.

Foto: Telegram / “Novosti Tashkentskogo neba”

Uzbekistan Airways Toshkent—Dehli—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni haftada bir marotaba — seshanba kunlari amalga oshiradi. Ushbu yo‘nalish 5-martdan qayta tiklangandi. O‘shanda parvozlar haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari amalga oshirilardi. 18-iyuldan boshlab esa Hindistonda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan juma kunlari amalga oshiriladigan reyslar bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 15-avgust kuni “Tolibon” Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. 16-avgust kuni Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi aviakompaniyalarga mamlakat havo hududini aylanib o‘tishni tavsiya etdi.

Shu kuniyoq United Airlines, British Airways va Virgin Atlantic aviakompaniyalari Afg‘oniston havo hududidan foydalanishni to‘xtatdi. 17-avgust kuni ular qatoriga Air France-KLM, Lufthansa, Qatar Airways, Singapore Airlines, China Airlines va boshqa aviakompaniyalar qo‘shildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar