Daryo

Toshkentda Matiz va Nexia to‘qnashuvi oqibatida uch kishi jarohatlandi

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish37 684 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkentning Chilonzor tumanida Matiz va Nexia ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 17-avgust kuni, taxminan, soat 15:00 da Seul ko‘chasida 43 yoshli Sh.M. boshqaruvidagi Matiz va 33 yoshli D.T. boshqaruvidagi Nexia-3 to‘qnashgan.

YTH oqibatida ikkala haydovchi hamda Matiz yo‘lovchisi B.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketgani, Chilonzor tumanida avtokran hamda Volvo yuk mashinasi to‘qnashib ketgani, Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt Spark bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 1-sentabrdan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar