Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar va to‘lovlar miqdorini aniqlashda ishlatiladigan bazaviy hisoblash miqdori 245 ming so‘mdan 270 ming so‘mga oshishi haqida xabar berilgan edi. Shu kundan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ayrim jarimalar miqdori qanchaga oshishini hisoblab chiqdi:

  • xavfsizlik kamarini taqmaslik — 135 ming so‘m (ayni vaqtda 122,5 ming so‘m);
  • texnik ko‘rik, “aptechka” — 135 ming so‘m (ayni vaqtda 122,5 ming so‘m);
  • hujjatsiz yurish — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • sug‘urtasiz haydash — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • “qizil”dan o‘tish — 540 ming so‘m (ayni vaqtda 490 ming so‘m);
  • noto‘g‘ri “parkovka”— 540 ming so‘m (ayni vaqtda 490 ming so‘m);
  • telefonda gaplashish — 810 ming so‘m (ayni vaqtda 735 ming so‘m);
  • raqamsiz haydash — 1 million 350 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 325 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (20 kilometr/soat) — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (20-40 kilometr/soat) — 1 million 350 ming so‘m (ayni vaqtda 1 million 325 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (40 kilometr/soatdan ortiq) — 2 million 430 ming so‘m (ayni vaqtda 2 million 405 ming so‘m);
  • qarama-qarshi harakatlanish — 2 million 700 ming so‘m (ayni vaqtda 2 million 450 ming so‘m);
  • mast holda haydash — 6 million 750 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 6 million 125 ming so‘m);
  • mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 4 million 50 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 3 million 675 ming so‘m);
  • ruxsatsiz “tonirovka” — 6 million 750 ming so‘m (ayni vaqtda 6 million 125 ming so‘m);
  • “tonirovka”dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 10 million 800 ming so‘m (ayni vaqtda 9 million 800 ming so‘m).
Eslatib o‘tamiz, jarimalar so‘nggi marta 2021-yilning 1-fevralidan bazaviy hisoblash miqdori 223 ming so‘mdan 245 ming so‘mga ko‘tarilganida oshgandi.

Avvalroq O‘zbekistonda “prava”siz mashina haydashga va rulda telefondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2022-yilda kartoshka sotib olishni kamaytirdi. Mahalliy yetishtirish esa oshgan 
Dunyo
Bayden Ukrainaga F-16 qiruvchilari yetkazib berilmasligini aytdi. Oq uy bunga izoh berdi
Kino
Mushuk Leopold obrazini yaratgan rassom Vyacheslav Nazaruk vafot etdi