Daryo

Dehqonobodda Nexia-3 haydovchisi 10 yoshli bolani urib ketdi. Bola shifoxonada vafot etdi

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 2021-yilning 7-iyun kuni soat, taxminan, 20:30—21:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish69 182 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dehqonobod tuman IIB

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Nexia-3 haydovchisi 10 yoshli bolani urib yubordi. Bola shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga tuman IIB, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Bahrom Nazarov xabar berdi.

Foto: Dehqonobod tuman IIB

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 2021-yilning 7-iyun kuni soat, taxminan, 20:30—21:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Dehqonobod tumanining Chuchuquduq qishlog‘ida yashovchi, Dehqonobod kaliy zavodida faoliyat yurituvchi 1982-yilda tug‘ilgan R.B. boshqaruvchidagi Nexia-3 avtomobilida tumanning “Bo‘ston” mahallasi hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro avtomobil yo‘lining 1288-kilometrida katta tezlikda harakatlanib kelib, 10 yoshli bolani urib yuborgan.

Foto: Dehqonobod tuman IIB

“Achinarlisi, 10 yoshli bola kech soat 20:30 dan keyin xalqaro avtomobil yo‘lida qarovsiz, yolg‘iz o‘zi yurgan. Nexia-3 haydovchisi ham yuqori tezlikda harakatlanib kelib, ko‘cha yuzida o‘ynab yurgan bolani urib yuborgan. Oqibatda bola shu ko‘ngilsiz voqea sabab shifoxonada vafot etdi”, — deydi Bahrom Nazarov.

Bahrom Nazarovning qo‘shimcha qilishicha, YTH haqida tuman IIB navbatchilik qismiga xabar bergan tuman markaziy shifoxona hamshirasining aytishicha, bolaga zudlik bilan tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Biroq bolaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Foto: Dehqonobod tuman IIB
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda Damas va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ota-bola halok bo‘lgani, Toshkentda 3 mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 5 kishi jarohat olgani xabar berilgan edi. Mavzuga doir:

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar