Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida 15 yoshli bola yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 12-may kuni soat 06:00 da Bag‘dod tumani, “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Kenagas qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

1985-yilda tug‘ilgan haydovchi J.Sh. Nexia avtomashinasi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilgan. Oqibatda 2006-yilda tug‘ilgan 8-sinf o‘quvchisi og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida halok bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Andijonda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi jarohat olgani, Angrendagi YTHda esa halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetgani, holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi