Daryo

Buxoroda sodir bo‘lgan YTHda 14 yoshli maktab o‘quvchisi voqea joyida halok bo‘ldi

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish38 521 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Buxoro tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 21-may kuni Buxoro tumani hududidan o‘tuvchi 4R-68 xalqaro avtomobil yo‘lining 6-kilometrida 30 yoshli A.G‘. boshqaruvida bolgan “VAZ-2107” maktabdan uyga qaytayotib, piyodalar yo‘lakchasini kesib o‘tayotgan 14 yoshli voyaga yetmagan J.S.ni urib yuborgan. Oqibatda tumandagi 45-maktabning 7-sinf o‘quvchisi J.S. voqea joyida halok bo‘lgan.

Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida 1-sinf o‘quvchisi vafot etgani, Farg‘onada boshqaruvni yo‘qotgan Nexia simyog‘ochga urilishi oqibatida esa 15 yoshli bola halok bo‘lgani xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar