Daryo

Chiroqchida Nexia va Howo yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida 1 yoshli bola ham bor

Yengil avtomobil ichida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish76 644 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

19-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida Nexia va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, 4R-84 Yakkabog‘—Chiroqchi—Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining 38-kilometrida haydovchi 1987-yilda tug‘ilgan B.E. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotib, quvib o‘tish qoidalarini buzishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi Howo rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

YTH oqibatida Nexia haydovchisi 33 yoshli B.E. hamda undagi yo‘lovchilar — 67 yoshli B.X. va 1 yashar A.N. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Mashinaning yana bir yo‘lovchisi — 26 yoshli O.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryodagi YTHda 6 kishi halok bo‘lgani, qurbonlarning eng kichigi 2 oylik chaqaloqligi, shuningdek, Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar