Daryo

O‘zbekistonning Afg‘onistondagi diplomatlari hali evakuatsiya qilingani yo‘q

Mamlakatning Kobuldagi elchixonasi va Mozori-Sharifagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda

1 daqiqa o‘qish72 586 ko‘rishlar0 izoh0

Afg‘onistondagi vaziyatga qaramay, O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori-Sharifagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda va xodimlar hali evakuatsiya qilingani yo‘q. Bu haqda tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Yusuf Kabuljanov Telegram’dagi “Davletovuz” kanaliga ma’lum qilgan.

14-avgust kuni Afg‘oniston shimolidagi Mozori-Sharif shahri (Termizdan 58 kilometr janubda joylashgan) “Tolibon” qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi. Shahar topshirilgach, Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari O‘zbekiston bilan chegara tomon chekingan, 15-avgustga o‘tar kechasi Hayraton va Termiz oralig‘idagi ko‘prikda yuzlab afg‘onistonliklar to‘plangan.

15-avgust tongida O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilaridan iborat 84 kishilik guruhni qabul qilgani (ular orasida uch nafar yarador ham bo‘lgan), ular DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turishi tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, ushbu ko‘prigdagi vaziyat yumshadi. Afg‘onistonliklarning asosiy qismi ko‘prikni tark etdi.

TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljonovning ma’lum qilishicha, 14-avgustda kun davomida Termiz—Mozori-Sharif temiryo‘l uchastkasida xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish tashkil etilgan. TIV rasmiysining bayonotida Afg‘onistonda qolayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berilmagan. Qayd etish joiz, 14-avgust kuni Kobuldan Toshkentga Afg‘onistondagi beqarorlik boshlanganidan beri eng katta aviareys kelgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston qochqinlar masalasida Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” bilan muzokaralar olib bormoqda

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar