Daryo

Toshkentda yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” YTHga uchrab ag‘darildi

To‘qnashuv sababli 5 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan

1 daqiqa o‘qish49 448 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Nexia va “Gazel” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 12-avgust kuni soat 19:00 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yunus ota ko‘chasidagi 43-uy ro‘parasida haydovchi, 1967-yilda tug‘ilgan F.K. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli hamda haydovchi, 1995-yilda tug‘ilgan J.R. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “Gazel” ag‘darilgan.

To‘qnashuv sababli 5 nafar yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10-avgust kuni ham ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “Gazel” Lacetti bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgandi.

Bundan avval Toshkentda Cobalt Spark bilan to‘qnashib ag‘darilgani hamda Toshkentda Lada Samara ag‘darilib, yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar