Daryo

Qashqadaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Lacetti yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 kishi vafot etdi

Yo‘nalish bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Lacetti quvib o‘tish qoidasini buzgan va yuk mashinasining orqa qismiga urilgan

1 daqiqa o‘qish47 008 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrinshot

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Lacetti va MAN yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Kadr: Videodan skrinshot

Qayd etilishicha, voqea 9-avgust kuni soat 16:50 atrofida tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yo‘lining 1195-kilometrida sodir bo‘lgan. Yo‘nalish bo‘ylab yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Lacetti quvib o‘tish qoidasini buzgan va yuk mashinasining orqa qismiga urilgan.

Oqibatda mashina salonida bo‘lgan bir nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan va boshqa bir yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda Volvo yuk mashinasi to‘qnashib ketgani, Toshkentda yo‘lovchilar bo‘lgan “Gazel” YTHga uchrab ag‘darilgani hamda Surxondaryoda Nexia-3 piyodani urib ketishi oqibatida 5 nafar onasiz bola otasidan ham ayrilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar