Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida piyodalar yo‘lagidan o‘tish vaqtida telefonda gaplashgan fuqaroga chora ko‘rmagan YHXBB xodimlariga intizomiy jazo belgilandi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021-yil 18-iyul kuni ijtimoiy tarmoqda “Nimaga GAIga pul uzatdim?” sarlavhasi ostidagi video tarqaldi. Unda Bobur G‘aniyev ismli bloger tajriba tariqasida piyodalar o‘tish yo‘lagidan telefonda gaplashgan holda harakatlangan. Biroq ushbu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimi qoidabuzar piyodaga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan.

Shundan so‘ng bloger YPX xodimining oldiga borib, o‘ziga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzishini talab qilgan. Inspektorlardan biri YTH sodir etilganini aytib, bayonnoma tuzmasdan xizmat mashinasida ketib qolgan. Boshqa bir inspektor esa blogerga chora ko‘rmay, ogohlantirish berishini aytgan. Bloger esa o‘ziga nisbatan chora ko‘rishlarini talab qilgan. Keyin esa jarimani qoidabuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida to‘lash uchun naqd pul bermoqchi bo‘lgan, ammo YPX xodimida “kvitansiyasi yo‘qligi” sabab to‘lovni joyida qabul qila olmasligini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, videodagi holat bo‘yicha IIV YHXBB mas’ul xodimi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv yakuniga ko‘ra, xizmati davomida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablariga amal qilmagani uchun Toshkent shahar IIBB YHXBning bir necha xodimlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi belgilangan.

Avvalroq Jizzaxda niqobni to‘liq taqishga majbur bo‘lmagan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani, Olmaliqda YPX xodimi “25 marta radarga to‘lagan” qoidabuzar ayolni “Abdurazzoq aka”dan bo‘lgan qo‘ng‘iroq sabab qo‘yib yuborgani, Toshkentda haydovchini tegishli belgi qo‘yilmagan yo‘lda qoida buzganlikda ayblagan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi