Namangan—Yangiqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5-avgust kuni 16:00 larda 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “VAZ-2106” avtomobili o‘zining harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirib, qarama-qarshi harakatlanayotgan “VAZ-21011” mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. To‘qnashuv oqibatida “VAZ-2106” haydovchisi voqea joyida vafot etgan, ikkinchi haydovchi esa shifoxonaga yetkazilgan.








