O‘zbekistonga oktabr oyida komfort nuqtayi nazaridan yanada yuqoriroq bo‘lgan ikkita vertolyot olib kelinadi. Bu haqda 31-iyul kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasida H-125 vertolyotining taqdimot marosimida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Uzbekistan Helicopters korxonasining samolyot-ta’mirlash ustaxonasida fuqarolik aviatsiyasi xizmatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan, Airbus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ikkita H-125 vertolyotining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, ushbu vertolyotlarda mahalliy va xorijiy turistlar O‘zbekistonning eng go‘zal go‘shalari va tarixiy shaharlariga parvoz qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi: “Oktabr oyida taqdim etilgan ikkita vertolyotdan tashqari komfort nuqtayi nazaridan yanada yuqoriroq bo‘lgan boshqa vertolyotlar ham olib kelinadi”, – dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Abduhakimov turistik kompaniyalarning pandemiya sharoitidagi qiyin vaziyatda ichki turizmga qo‘shayotgan xizmatlarini alohida e’tirof etib o‘tdi

“Pandemiya davrida – og‘ir davrda, albatta, qiyin bo‘lishi mumkin. Lekin biz ko‘rib turibmizki, turistik kompaniyalar ichki turizmga o‘z faoliyatlarini qaratmoqdalar va bu ham juda yaxshi imkoniyat. Ya’ni bizni turistik kompaniyalarimiz Uzbekistan Helicopters bilan birgalikda o‘z turistik mahsulotlari tarkibiga vertolyot parvozlarini ham qo‘shishsa, bu aholimizga va mehmonlarimizga yangi xizmatlarni taqdim etadi”, – dedi u.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda Uzbekistan Airways kompaniyasi rahbari, transport vaziri Ilhom Mahkamov.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lumot uchun, Airbus Helicopters H-125 yengil dvigatelli vertolyot (sobiq Eurocopter AS350 B3) FADEC raqamli boshqaruv tizimiga ega kuchli dvigatel bilan jihozlangan. Vertolyot yuqori baland tog‘ va issiq iqlim sharoitlarda eksplutatsiya qilishga moslashgan va tashqi ilgakka osgan holda 1 ming 400 kilogrammgacha bo‘lgan yukni olib keta oladi. Shuningdek, aviatransport kuzatuv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, yirik yong‘in maydonlarini o‘chirish, yukni ko‘tarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashutda sakrash, geologik qidiruv kabi keng ko‘lamli vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi.

H-125 yengil dvigatelli vertolyoti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

H-125 vertolyoti to‘la yuk bilan 7 ming metrgacha ko‘tarila oladi. Vertolyotning birinchi parvozi (Eurocopter AS350) 1997-yilda bo‘lib o‘tgan va shundan buyon doimiy ravishda takomillashtirib kelinadi. Mutaxassislarning fikricha, ushbu modelning asosiy afzalliklari – qulaylik, tizimli mustahkamlik va bort uskunasining ishonchliligida. Aviatransport soatiga 287 kilometrgacha tezlikka erishib, 650 kilometrgacha parvoz qilish imkoniyatiga ega.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Taqdimot marosimidan so‘ng OAV vakillari hamda blogerlar 2 ta Mi-8МTV vertolyotlarida Toshkent—Beldirsoy—Amirsoy—Chimyon yo‘nalishida maxsus tanishuv parvozini amalga oshirishdi. Quyida ushbu parvoz davomida kadrlarga muhrlangan manzaralarni tomosha qilish mumkin.

Toshkent viloyatining Beldirsoy hududi manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent viloyatining Beldirsoy hududi manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent viloyatining Beldirsoy hududi manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent viloyatining Beldirsoy hududi manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Parvozdagi Airbus H125 vertolyoti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent viloyatining manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent viloyati Chorvoq suv ombori yaqinidagi manzaralar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chorvoq suv ombori.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chorvoq suv ombori.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chorvoq suv ombori.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chorvoq suv omboridagi dam oluvchilar va suv bo‘yidagi “Piramida”lar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chorvoq suv omborida kater va skuterlarda suzib yurgan dam oluvchilar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Chorvoq suv omboridagi dam oluvchilar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Parvozdagi Airbus H125 vertolyoti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Parvozdagi Airbus H-125 vertolyoti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Amirsoy tog‘-chang‘i kurorti manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Amirsoy dam olish maskani hududida qo‘nib turgan Mi-8MTV-1 vertolyotining old oynasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Amirsoy dam olish maskani hududida qo‘nib turgan Mi-8MTV-1 vertolyoti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Amirsoy dam olish maskani hududida qo‘nib turgan Mi-8MTV vertolyoti uchuvchisi parvozga hozirlanmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Parvozdagi Mi-8MTV VIP vertolyoti.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahri manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahri manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahri manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahri manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahri manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahri manzaralari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Airbus Helicopters kompaniyasidan vertolyotlar sotib olmoqchi ekani haqida 2021-yilning fevral oyidayoq xabarlar chiqqan edi. O‘shanda respublika ushbu havo transport turida qatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali mazkur yo‘nalishda Markaziy Osiyo mintaqasi bozorida yetakchi ishtirokchiga aylanmoqchi ekanligi, ayni yo‘nalishni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning vertolyotlar ekspluatatsiyasi va uchuvchilar uchun treninglar o‘tkazish bo‘yicha tajribalarini o‘rganishi masalalari muhokama qilingani aytilgan.