Daryo

Toshkentda beshta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashdi (video)

Captiva, Cobalt, Lada Vesta, yana bir Cobalt va BMW X5 rusumli avtomobillar ishtirokidagi ushbu YTHda hech kim tan jarohati olmagan

1 daqiqa o‘qish89 531 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida beshta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 30-iyul kuni soat 19:40 larda Captiva, Cobalt, Lada Vesta, yana bir Cobalt va BMW X5 rusumli avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Bundan 3 kun avval Toshkentda ikkita Mercedes va Nissan ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar