Daryo

“Ganga” ko‘prigi ustida 7 ta mashina to‘qnashdi (foto)

YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish100 464 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 7 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Foto: YHXBB

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 2-iyun kuni soat 19:00 larda Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi “Ganga” avtomobil ko‘prigida yuz bergan. Aniqlanmagan Cobalt avtomobili keskin to‘xtagani sababli bir yo‘nalishda harakatlangan yettita avtomobil masofa saqlamaganligi tufayli to‘qnashdi:

1) 38 yoshli Otabek N. boshqaruvidagi Lacetti;

2) 28 yoshli Azizjon M. boshqaruvidagi Spark;

3) 24 yoshli Shoxruh boshqaruvidagi Nexia;

4) 43 yoshli Turkiya fuqarosi Byulent T. boshqaruvidagi Lacetti;

5) 34 yoshli Zafar M. boshqaruvidagi Lacetti;

6) 25 yoshli Sobitjon E. boshqaruvidagi Toyota;

7) 29 yoshli Sirojiddin T. boshqaruvidagi Malibu.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar