Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Bobousmon Boturov 30-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasidagi navbatdagi jangida qatnashdi.

Foto: Getty Images

Chorak finalda Bobousmon birinchi raqamda saralangan Buyuk Britaniya vakili Pet Makkormakka qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raundda teng kurash kechdi va u 3:2 hisobida Petning foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi raundda esa Makkormak ustunlikka ega bo‘ldi.

Uchinchi raund Bobousmon faolligida o‘tdi. Yakunda Boturov 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

1/8 finalda Bobousmon dominikanlik Polando Rohanni taslim etgandi.