“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
15:47, 29.07.2021 23941

Neslihan Atagul, Maryam Uzerli va boshqa turk aktrisalarining go‘zallik siri nimada? (foto)

Turk kinosanoati vakillari tomonidan taqdim qilingan seriallar o‘ziga xos sujetga ega ekanidan tashqari, unda rol ijro qilgan aktrisalarning go‘zalligi bilan ham mashhur sanaladi.

Hande Erchel

Foto: Milliyet

“Eshigimni qoq” serial yulduzi karyerasini xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etishdan boshlagan. 19 yoshda ikkinchi o‘rinni egallagani o‘ziga bo‘lgan ishonchining ortishiga sabab bo‘lgan. Suratga chiroyli tushadigan aktrisani ijtimoiy tarmoqlardagi har bir fotosiga minglab layk bosiladi va izoh qoldiriladi. Instagram sahifasida 23 million obunachisi bo‘lgan Hande sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanishni kanda qilmaydi.

Fahriye Evjen

Foto: Milliyet

“Choliqushi” seriali yulduzi yillar davomida qilgan harakatlari natijasi o‘laroq, mukammal qomatga ega bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Burak O‘zchivitning rafiqasi sifatida ma’lum bo‘lgan aktrisa kun davomida sport bilan shug‘ullanishdan tashqari, tiniqib uxlash va to‘g‘ri ovqatlanishga ham amal qiladi. Shuningdek, u inson o‘zi bilan uyg‘un bo‘lishi va ruhiy holati haqida qayg‘urishi kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, asabiylik hamda xavotir, albatta, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiladi va buni hech qanday kosmetik vositalar bilan yashirib bo‘lmaydi. Parvarish borasida esa Fahriye teri va sochlarni namlantiruvchi yog‘li, tabiiy mahsulotlarni afzal biladi. Tabiiy ko‘rinishni yaxshi ko‘rishiga qaramay, ko‘zlariga urg‘u berib, yorqin makiyaj qilishdan voz kechmaydi.

Neslihan Atagul

Foto: “Woman’s Day.ru”

Mahoratidan tashqari esda qolarli ko‘rinishga ega ekani sabab Neslihan ko‘plab muxlislar uchun sevimliga aylangan. Kamdan kam hollarda makiyaj qiladigan aktrisa ko‘proq parvarish qiladigan kosmetik vositalar, tabiiy mahsulotlardan foydalanadi. Sochlar mustahkamligi va teri salomatligi uchun organik yog‘ hamda asaldan tayyorlangan niqob ishlatadi. Qolaversa, 28 yashar aktrisaning e’tiboridan to‘g‘ri ovqatlanish hamda tiniqib uxlash ham chetda qolmaydi.

Maryam Uzerli

Foto: Milliyet

“Muhtasham yuz yil” serialidagi rolidan keyin mashhurlikka erishgan aktrisa suratga olish ishlari tugaganidan keyin vazn tashlash uchun harakatni boshlab yuborgan. Endilikda esa u hayotini sport va to‘g‘ri ovqatlanishsiz tasavvur qila olmaydi. Serialda malla sochlar bilan ko‘rinish berganiga qaramay, Maryam suratga olish ishlari yakuniga yetganidan keyin o‘zining tabiiy soch rangiga yaqin ranglar bilan eksperiment qila boshlagan. O‘ziga xos ko‘rinishi tufayli bir qator mashhur brendlarning yuziga aylangan Uzerli o‘zini boshqalar aytganichalik chiroyli deb hisoblamaydi.

Berguzar Korel

Foto: Milliyet

Halit Ergenchning rafiqasini ko‘rinishiga nazar tashlab, uni 38 yosh ekaniga ishonish qiyin. Yosh va go‘zal ko‘rinadigan aktrisaning siri organik mahsulotlarni afzal bilishi va taomnomasida sabzavot va mevalarning bisyor ekani bilan bog‘liq. U hatto suratga olish maydonchasida ham odatlarini kanda qilmay, uyidan tayyorlab kelgan taom bilan ovqatlanadi. Bo‘sh vaqtida esa sport va raqs bilan shug‘ullanadi.