Daryo

Namanganda uxlab qolgan Nexia haydovchisi YTH oqibatida vafot etdi. Yo‘lovchilar undan bir necha bor to‘xtab, uxlab olishini so‘ragan

Samarqand viloyatidan kelayotgan mashina 26 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish83 002 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Namangan viloyatining Pop tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 29-may kuni soat 04:20 larda Toshkent—O‘sh A373 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida Samarqand viloyatidan kelayotgan Nexia-3 bilan sodir bo‘lgan. Yengil mashina haydovchisining uxlab qolishini natijasida avtomobil yo‘lning o‘ng tarafidagi do‘nglikka borib urilgan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Mashina ichida bo‘lgan yo‘lovchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, u harakatlanish vaqtida bir necha bor 26 yoshli haydovchini uxlab qolayotgani, to‘xtatib dam olishi to‘g‘risida ogohlantirgan. Biroq haydovchi 5-10 daqiqa dam olib, o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan va harakatlanishni davom ettirgan.

Avvalroq Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida “KamAZ” yuk mashinasi Isuzu bilan to‘qnashib ketgani, Buxoroda Laсetti haydovchisining uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘lgani, Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Nexia beton devorga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar