Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Samarqand tumanida uxlab qolgan haydovchi ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 20-may kuni soat 03:30 larda Samarqand tumani “Qo‘shtamg‘ali” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 Olmaota–Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lining 1083-kilometrida Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi 31 yoshli haydovchi Cobalt avtomobilini Toshkent–Termiz yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotganda uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan, Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “KamAZ” yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Shundan so‘ng Cobalt salonida yong‘in chiqqan.

YTH oqibatida Cobalt’ning ikki yo‘lovchisi voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi kuyish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bundan avval Andijonda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Angrendagi YTHda 7 kishi vafot etgani hamda Toshkentda yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan Spark haydovchisi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi