Tokio—2020 Olimpiadasining futbol bahslari guruh bosqichi 22-iyul, payshanba kuni start oldi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

A guruhida Fransiya olimpiyachilar kutilmaganda Meksikaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Yaponiya esa Takefusa Kuboning yagona goli evaziga JARni yengdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Janubiy Koreya Yangi Zelandiyaga minimal hisobda yutqazib qo‘ydi. B guruhidagi ikkinchi o‘yinda Ruminiya Gondurasni taslim etdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

C guruhida Argentina kutilmagan Avstraliyaga yutqazib qo‘ydi. Ispaniya esa Misr bilan nursiz durangga imzo chekdi.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Braziliya olimpiya terma jamoasi Germaniyaga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limning o‘zida Risharlison uchta gol urgan holda o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi. Biroq nemislar ikkinchi bo‘limda ikkita gol urib, vaziyatni o‘nglashga harakat qildi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Paulinyo Braziliyaning to‘rtinchi golini urib, o‘yinga chiroyli nuqta qo‘ydi. D guruhining narigi o‘yinida Saudiya Arabistoni Kot-d’Ivuarga yutqazib qo‘ydi.

Tokio—2020, futbol

1-tur bahslari

22-iyul, payshanba

A guruhi

Meksika U-23 – Fransiya U-23 4:1

Gollar: 1:0 – 47 Vega, 2:0 – 54 Kordova, 2:1 – 69, penalti Jinyak, 3:1 – 80 Antuna, 4:1 – 90 Agirre.

Yaponiya U-23 – JAR U-23 1:0

Gol: 1:0 – 71 Kubo.

B guruhi

Yangi Zelandiya U-23 – Janubiy Koreya U-23 1:0

Gol: 1:0 – 70 Vud.

Gonduras U-23 – Ruminiya U-23 0:1

Gol: 0:1 – 45, avtogol Oliva.

C guruhi

Argentina U-23 – Avstraliya U-23 0:2

Gollar: 0:1 – 14 Uels, 0:2 – 80 Tilio.

Chetlatish: Ortega – 45 (Argentina).

Misr U-23 – Ispaniya U-23 0:0

Ispaniya U-23: Unai Simon, Pau Torres, Mingesa (Valyexo, 22), Miranda, Erik Garsiya, Pedri, Sebalyos (Monkayola, 45), Asensio (Xil, 68), Olmo, Oyarsabal (Rafa Mir, 68), Merino (Soler, 68).

D guruhi

Braziliya U-23 – Germaniya U-23 3:2

Gollar: 1:0 – 7 Risharlison, 2:0 – 22 Risharlison, 3:0 – 30 Risharlison, 3:1 – 57 Amiri, 3:2 – 84 Axe, 4:2 – 90+4 Paulinyo.

Braziliya U-23: Santos, Diyego Karlos, Arana, Nino, Dani Alves, Duglas Luis, Bruno Gimaraes, Antoni (Paulinyo, 74), Mateus Kunya, Risharlison (Reyniyer, 74), Klaudinyo (Malkom, 65).

Germaniya U-23: Myuller, Xenrixs, Uduoxay, Raum, Piper (Torunariga, 46), Shtax (Shlotterbek, 81), Arnold, Amiri (Toyxert, 74), Mayer, Rixter (Leven, 68), Kruze (Axe, 68).

Ogohlantirishlar: Piper (26), Arnold (35), Shtax (59), Duglas Luis (83), Xenrixs (86), Torunariga (87).

Chetlatish: Arnold (63).

Kot-d’Ivuar U-23 – Saudiya Arabistoni U-23 2:1

Gollar: 1:0 – 39, avtogol al-Amri, 1:1 – 44 ad-Dosari, 2:1 – 66 Kessie.