Daryo

Sirdaryo va Surxondaryoda terrorchilik tashkiloti a’zolari ushlandi

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish120 506 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Sirdaryo viloyati IIB

Sirdaryo va Surxondaryo viloyatida terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB

Qayd etilishicha, 17-iyul kuni Sirdaryo viloyati IIB va DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda “Katibatul Tavxid val-Jihod” terrorchilik tashkiloti yashirin guruh a’zolari ushlandi.

Mazkur guruh a’zolari mavsumiy ishlash uchun Rossiyaga borib, yashirin faoliyat olib borayotgan ushbu tashkilot ta’siriga tushib qolgan.

Ular yashash joylariga qaytib kelgach, yaqin qarindoshlari va mahalladoshlari orasida radikal qarashlarini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali terrorchilik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullangan.

Aniqlanishicha, ular Rossiyada Suriyada o‘rnashib olgan terrorchi tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berib kelgan va kelajakda o‘zlari ham ushbu davlatga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

Tezkor tadbir natijasida jinoiy guruhning Boyovut tumanida yashovchi 8 nafar va Surxondaryo viloyatida yashovchi 1 nafar a’zosi qo‘lga olinib, ularning uyali telefonlari hamda yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar