Daryo

Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkilotiga a’zo 6 nafar shaxs aniqlandi

Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida ushbu shaxslarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish42 718 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Samarqand viloyati Urgut tumanida terroristik tashkilotga a’zo bo‘lgan shaxslar aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyati IIB matbuot xizmati.

Samarqand viloyati DXX va IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yuritayotgan 6 nafardan iborat “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolarining g‘ayriqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ular orasida muqaddam mazkur terroristik tashkilot g‘oyalarini targ‘ibot qilgani bois jinoiy jazoga mahkum etilgan shaxslarning borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi doirasida ushbu shaxslarga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda ekstremistik guruh a’zosi sifatida 20 kishi ushlangani, Samarqandda Suriya va Yaqin Sharqdagi terroristik tashkilotlarga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 14 nafar fuqaro aniqlangani hamda Navoiydagi qamoqxonada “Hizb ut-Tahrir” tarafdori mahkumlarga terroristik g‘oyalarni targ‘ib qilgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar