Daryo

Yo‘lovchi madaniyatsizligi sabab qashqadaryolik haydovchi 245 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 18-iyul kuni Qarshi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidagi Qovchin qishlog‘idan o‘tgan qismida Nexia haydovchisi old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchining o‘zboshimchaligiga yo‘l qo‘yib bergan

1 daqiqa o‘qish86 086 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Qashqadaryoning G‘uzor tumanida Nexia yo‘lovchisi avtomobil harakati davomida tanasini chiqarib yurgani uchun haydovchi 245 ming so‘m jarimaga tortiladigan bo‘ldi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 18-iyul kuni Qarshi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidagi Qovchin qishlog‘idan o‘tgan qismida davlat raqami 70 E 582 RA bo‘lgan Nexia haydovchisi old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchining o‘zboshimchaligiga — old oynadan oyog‘ini chiqarib ketishiga yo‘l qo‘yib bergan. Mazkur holat jamoatchilik e’tiborini tortib, surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Foto: “Daryo”
Mazkur holatga e’tibor qaratgan viloyat IIB axborot xizmatining ma’lumot berishicha, Nexia haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi (haydovchi transport vositasini harakat vaqtida, yo‘lovchi tomonidan tana qismi salondan chiqarish) bilan ayblanib, Chiroqchi tumanining “Chimqurg‘on” mahallasida yashovchi haydovchi T.X.ga 245 ming so‘mlik jarima belgilangan. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar