Daryo

Buxoroda mashina haydashni o‘rgatuvchi instruktor boshqaruvidagi Matiz ag‘darilib ketdi

Avariya oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish48 806 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

A-380 avtomobil yo‘lining Buxoro tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi jarohat oldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Kadr: Telegram

Ta’kidlanishicha, G‘uzor—Buxoro—Nukus—Benau avtomobil yo‘lining 192-kilometrida Matiz avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilishi natijasida mashina ag‘darilib ketgan.

Avariya oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Buxoro viloyati IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mashina Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti instruktori boshqaruvida bo‘lgan. Instruktor bu vaqtda Qorovulbozordagi o‘quv-mashg‘ulotidan qaytayotgan bo‘lgani aytilmoqda.

Avvalroq haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik o‘quv muassasasi hisoblangan “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi raisi Husan Botirov endilikda YTH haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan bo‘lsa va u haydovchi “Vatanparvar”da tashkilotida o‘qigan bo‘lsa, uning o‘qituvchisi (instruktori)ni ishdan bo‘shatishgacha bo‘lgan ta’sir choralari ko‘rilishini ma’lum qilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar