Daryo

Qashqadaryoda yurib ketayotgan Nexia yonib ketdi

Viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining yozishicha, voqea 2021-yilning 7-iyul kuni kech soat 22:16 da sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish51 987 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yurib ketayotgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga xabar bergan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining yozishicha, voqea 2021-yilning 7-iyul kuni kech soat 22:16 da sodir bo‘lgan.

“Qarshi shahrining Nasaf ko‘chasida harakatlanib borayotgan Nexia-2 avtomobilida yong‘in chiqqan. 2011-yilda ishlab chiqarilgan avtomobil Qarshi tumani ‘Uzumzor’ MFYda yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvida  bo‘lgan”, — deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida avtomobilning old qismi yongan. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Avvalroq Toshkentda to‘xtab turgan Lacetti yonib ketgani, Qarshida esa svetaforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzuga urilgan Nexia-2 yonib ketgani xabar berilgandi. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar