Daryo

Jizzaxda me’yoridan ortiq yuk ortgan “ZIL” yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilib ag‘darildi (video)

Holat xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M–39 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish96 290 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Videodan skrin

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida ortiqcha yuk ortilgan “ZIL” beton to‘siqqa urilib ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Videodan skrin

Ma’lum qilinishicha, holat xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M–39 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi sabablari o‘rganilganida “ZIL” belgilangan talab me’yorlarini buzib, transportga keragidan ortiq yuk ortgani ma’lum bo‘lgan.

Buning oqibatida haydovchi harakat davomida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

Bundan avval Jizzaxda yuk ortish talablarini buzgan haydovchilar norozilik bildirib, xalqaro yo‘lni to‘sib qo‘ygani, Urgutdagi gaz quyish shoxobchasida “ZIL” portlab ketgani hamda Farg‘onada yo‘l chetida to‘xtab turgan “ZIL” tirkamasiga borib urilgan Cobalt’dagi bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar