Daryo

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15-iyul kuni O‘zbekistonga keladi

U Toshkentda o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish43 384 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Rossiya TIV matbuot xizmati

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15—16-iyul kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Foto: Rossiya TIV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Rossiya TIV rahbari Toshkentda o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirok etadi.

O‘tkaziladigan konferensiya davomida mintaqalararo hamkorlik masalalarining ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Avvalroq ushbu konferensiya ishida O‘zbekiston Prezidenti, Afg‘oniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov uchrashuv o‘tkazdi

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan borishi haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 21-dekabr kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvida aytib o‘tilgan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar