Daryo

Dehqonobodda Shahrisabzdan kelayotgan yuk mashinasida yong‘in chiqdi

Hokimlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro “KamAZ” yuk mashinasida Shahrisabz shahridan qadoqlangan ichimlik suvini Termiz shahriga olib ketayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish55 288 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Dehqonobod tumanining “Bibiqorasoch” mahallasida Shahrisabz shahridan harakatlanib kelayotgan “KamAZ”da yong‘in chiqdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilgan.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Bugun, 4-mart kuni soat 15:45 da sodir bo‘lgan yong‘in qisqa fursatda tuman Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Yong‘indan hech kim jabrlanmagan.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Hokimlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro “KamAZ” yuk mashinasida Shahrisabz shahridan qadoqlangan ichimlik suvini Termiz shahriga olib ketayotgan bo‘lgan.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Foto: Dehqonobod tuman hokimligi
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar