Daryo

Marg‘ilonda Matiz motoridagi nosozlik sabab yonib ketdi (video)

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish42 608 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida yo‘l chetida to‘xtab turgan Matiz avtomashinasi yonib ketdi. Hodisa haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, viloyat IIB axborot xizmati voqea tafsiloti haqida “Daryo”ga ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat 2020-yilning 6-dekabr kuni soat 19:45 da Marg‘ilon shahrining B.Marg‘iloniy ko‘chasida sodir bo‘lgan bo‘lib, fuqaro Z.A.ga tegishli Matiz motor qismidagi texnik nosozlik sabab yongan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

“Hozirda Marg‘ilon shahar IIB hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda”, — deyiladi IIB xabarida.

Mavzuga doir: Toshkentning Sebzor ko‘chasida mikroavtobus yondi (foto)

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar