Daryo

O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi

Mazkur vaksinaning 70 ming dozalik 1-komponenti 31-may kuni mamlakatga keltirilgan edi

1 daqiqa o‘qish15 354 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

10-iyun kuni O‘zbekistonga Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent). 31-may kuni  “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelingan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetdi. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi. 10-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 531 681 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu vaksina bilan emlash aprel oyi oxirlaridan boshlangan edi. O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinayotgan “Sputnik V”ning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirgan. Ushbu vaksinadan jami 1 million doza sotib olish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga kelishib oldi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar