Daryo

O‘zbekistonga yana 70 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetdi

1 daqiqa o‘qish17 890 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekistonga 31-may kuni  “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetdi. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi. 31-may holatiga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 354 785 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolarini ushbu vaksina bilan emlash aprel oyi oxirlaridan boshlangan edi. O‘zbekistonga aholini emlash uchun olib kelinayotgan “Sputnik V”ning yarmini tadbirkor Alisher Usmonov moliyalashtirgan. Ushbu vaksinadan jami 1 million doza sotib olish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari “Sputnik V”ni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga kelishib oldi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar