Daryo

Toshkentda sigareta qutisida giyohvand modda olib yurgan shaxs qo‘lga olindi

Topilgan modda xolislar guvohligida olib qo‘yilgan

1 daqiqa o‘qish32 482 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahri Yangihayot tumanida giyohvand modda saqlagan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda shahar IIBB.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Qayd etilishicha, 2021-yil 21-iyun kuni taxminan soat 13:20 da Yangihayot tumani “A. Turbanov” YPX postida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan poytaxtga kirmoqchi bo‘lgan Spark (davlat raqami 01 N 006439) avtomobili to‘xtatilgan.

Maxsus “Qoradori” tadbiri doirasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida transport vositasi yo‘lovchisi – 1973-yilda tug‘ilgan I.Sh.ning sigareta qutisidan quritilgan o‘simliksimon modda topildi.

Topilgan modda xolislar guvohligida olib qo‘yilgach, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so‘ng fuqaro Yangihayot tumani IIO FMBga yetkazilgan.

Bundan avval DXX O‘zbekistonga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini musodara qilgani, Uchtepa aholisining IIVga murojaatidan so‘ng Toshkent dorixonalarida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar savdosiga bog‘liq 37 ta holat aniqlangani hamda Buxoroda xonadonini bangixonaga aylantirgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar