Daryo

Marg‘ilonda boshqaruvni yo‘qotgan Damas haydovchisi svetoforga borib urildi (video)

Oqibatda haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan

1 daqiqa o‘qish70 946 ko‘rishlar0 izoh0

IIV YHXBB axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Marg‘ilon shahrida boshqaruvni yo‘qotgan Damas haydovchisi svetoforga borib urilgani tasvirlangan video bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa 27-iyun kuni soat 04:25 larda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri Mustaqillik va Al-Farg‘oniy ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. A.Y. ismli 41 yoshli haydovchi Damas rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida svetoforga borib urilgan.

Oqibatda haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas tut daraxtiga borib urilgani va yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar