Daryo

Qashqadaryoda harakatlanib ketayotgan kombayn yonib ketdi (video)

Yong‘in oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan

1 daqiqa o‘qish90 180 ko‘rishlar0 izoh0

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida dalada harakatlanib ketayotgan kombayn yonib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 29-iyun kuni Muborak tumani “Qoraqum” mahallasi hududining ochiq yer maydonida sodir bo‘lgan. Harakatlanib ketayotgan “Kosonagroglobal” MChJga qarashli 2009-yilda ishlab chiqarilgan kombayn yonib ketgan.

Voqea joyiga soat 15:53 atrofida 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yetib borib, yong‘in soat 16:10 da to‘liq o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarari o‘rganilmoqda. Yong‘in oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan.

Shuningdek, yong‘in-qutqaruv qismidan voqea joyigacha bo‘lgan masofa, taxminan, 35 kilometr bo‘lgani aytilgan.

Bundan avval Jizzaxda gaz zapravkada turgan Matiz va Nexia yonib ketgani, Surxondaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketgani hamda Yunusoboddagi “Minor” masjidi yaqinida BMW yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar