Daryo

Surxondaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketdi. Haydovchi voqea joyida vafot etgan

Davlat raqam belgisiz Nexia-3 o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketgan

1 daqiqa o‘qish79 816 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIB YHXB axborot xizmati

20-iyun kuni taxminan soat 04:30 larda Surxondaryoda yuk mashinasi va Nexia o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Muzrabot tumani “Sopollitepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 4K-626 avtomobil yo‘lining 30 kilometrida 23 yoshli B.R boshqaruvida bo‘lgan davlat raqam belgisiz Nexia-3 o‘ziga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan O‘.D boshqaruvida bo‘lgan Shacman rusumli yuk avtomashinasining yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashuv sodir etgan.

Avariya oqibatida Nexia avtomashinasida yong‘in chiqib, haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Avvalroq Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas tut daraxtiga borib urilishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar