Daryo

Video: Abdurauf Fitrat xotirasi uchun Chilonzorda chizilgan strit-art

Ushbu ijod namunasi Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon xotirasiga bag‘ishlangan strit-artning yoniga chizilgan

1 daqiqa o‘qish59 328 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / @inkuzart

Ko‘cha san’ati namunasini Inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon Umarov yozuvchi, shoir, jurnalist, siyosiy arbob va Turkiston jadidchiligining g‘oyaviy yetakchilaridan biri bo‘lgan Abdurauf Fitrat xotirasiga bag‘ishlangan strit-art chizdi.

Foto: Telegram / @inkuzart

Toshkentning Chilonzor tumanidagi Muqimiy—Chilonzor ko‘chalari chorrahasida joylashgan ko‘p qavatli uy devorida aks ettirilgan ushbu ijod namunasi Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon xotirasiga bag‘ishlangan strit-artning yoniga chizilgan.

Foto: Telegram / @inkuzart

Ko‘cha rassomi Abdulla Qodiriy xotirasi uchun strit-artni 19-aprelda chizib, yoniga “Ahvolimiz” nomli g‘azalini ham tushirgandi. Cho‘lpon xotirasiga bag‘ishlangan strit-artni esa 19-iyun kuni chizgandi va yoniga To be continued..., ya’ni “Davomi bor...” yozuvli tablichka ham ilib ketgandi.

2020-yilning yozida Abdurahmon Umarov Chilonzor tumanidagi dahalarni turli tasvirlar bilan “boyitish” niyatida ekanini ma’lum qilgandi. “Chilonzorni galerеyaga aylantirmoqchiman. Keyin esa boshqa tumanlar, shaharlar, mamlakatlar va qit’alarga o‘taman” — degan edi o‘shanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chilonzor ko‘chalarida san’atga joy topish qiyin. Qonunchilikka ko‘ra turar joy binolarining devorlariga chizishga ruxsat berilmagan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda milliy uslubdagi graffitilar yaratishga qonunan ruxsat berilishi mumkin

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar