Daryo

Namangandagi xonadon oshxonasida gaz portlashi oqibatida 12 yoshli bola halok bo‘ldi

Uy yerto‘lasidan oshxona sifatida foydalanilgan, bu yerda mo‘ri yoki havo almashtirish moslamasi bo‘lmagan

1 daqiqa o‘qish73 920 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Sohilobod” mahallasida yashovchi A.R. xonadonida 2021-yil 23-iyun kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Hodisa oqibatida yashash uyining shift va pol qismidan 30 kvadrat metr qismi hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib ketdi. Xonadon egalari farzandi, 2009-yilda tug‘ilgan A.M. voqea joyida halok bo‘ldi.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, xonadon egalari suyultirilgan gaz ballonidan foydalanish qoidalariga rioya etmagan. Uy yerto‘lasidan oshxona sifatida foydalanilgan, bu yerda mo‘ri yoki havo almashtirish moslamasi bo‘lmagan.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Oshxonaga choy qaynatish uchun kirgan o‘smir olov yoqqanda portlash ro‘y bergan.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati
Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tuman hokimligi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi kelgusida bu kabi fojialarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mahalla raislari va fuqarolar ishtirokida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

Mavzuga doir: Nukusdagi restoranlarning birida gaz portladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar