Daryo

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘ktam Salomov ushbu lavozimga 2020-yil 29-iyunda tayinlangandi

1 daqiqa o‘qish74 706 ko‘rishlar0 izoh0
O‘ktam Salomov Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

O‘ktam SalomovFoto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

U ushbu lavozimga 2020-yil 29-iyunda tayinlangandi. Bungacha u Andijon mashinasozlik instituti rektori (2016-2019) hamda Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori (2019-2020) lavozimlarda ishlagan.

Ma’lumot uchun, O‘ktam Salomov Toshkent davlat universitetini (1999), Parijdagi Pyer va Mari Kyuri universitetlarining aspiranturasini (2004) va Italiyadagi Turin politexnika universitetining doktoranturasini tugatgan (2014). U O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Toshkentdagi Turin politexnika universitetida turli lavozimlarda ishlagan.

Uning yangi ish joyi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari hamda qishloq xo‘jaligi vazirining 2 nafar o‘rinbosari ishdan olingani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar