Daryo

Sirdaryoda Nexia-3, “Jiguli” va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

To‘qnashuv oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan

1 daqiqa o‘qish60 108 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Sirdaryo viloyatida 3 ta transport ishtirokida YTH yuz berdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 22-iyun kuni soat 12:00 larda, viloyatning Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘lining 98-kilometrida “Vaz-2106” (“Jiguli”), Nexia-3 rusumli yengil avtomobillar va Isuzu rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, yuk transport vositasi ag‘darilgan.

To‘qnashuv oqibatida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketib, haydovchi voqea joyida vafot etgani, Jizzaxda xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda og‘ir YTHlarni keltirib chiqargan haydovchilarning avtomaktabdagi instruktorini ishdan haydash tartibi joriy etilishi mumkin

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar