Daryo

Toshkentda uyi yonib ketgan to‘rt fuqaroning har biriga qariyb 5 mln so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi

Ta’kidlanishicha, fond tomonidan, shuningdek, jabr ko‘rgan fuqarolarga qurilish materiallari olib berilgan

1 daqiqa o‘qish36 516 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Xalq so‘zi Onlayn”

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi fondning Toshkent shahar bo‘limi bilan hamkorlikda “Samarqand darvoza” MFYda yuzaga kelgan yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan 4 ta xonadon egasiga yordam ko‘rsatdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi Online”.

Foto: “Xalq so‘zi Online”

Ma’lum qilinishicha, fond tomonidan tabiiy ofatdan aziyat chekkan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilgan.

“Xonadoni yonib ketgan aholiga 3 bosqichli moddiy yordam ko‘rsatildi. Birinchi bosqichda ularga oziq-ovqat mahsulotlari berilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda qurilish materiallarini olib berdik. Bundan tashqari, uyi yonib ketgan 4 nafar fuqaroning har biriga 4 million 900 ming so‘mdan moddiy yordam ajratildi”, – deydi fondning Toshkent shahar bo‘limi raisi Abdurashid Dalaboyev.

Ta’kidlanishicha, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tabiiy ofatdan aziyat chekkan fuqarolarga ham moddiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Bundan oldin fond tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumani “Chinor” mahallasida sodir bo‘lgan yong‘indan aziyat chekkan fuqarolarga 225 million so‘m moddiy yordam ajratgan.

Mavzuga doir: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bir yillik faoliyati davomida qanday natijalarga erishdi?

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar