Daryo

Navoiy viloyatidagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berib, bir kishi halok bo‘ldi

Shuningdek, yong‘in joyida bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish48 142 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Videodan kadr

Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi.

Foto: Videodan kadr

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat 7-iyun kuni, taxminan, soat 15:52 da tumanning “Bog‘ishamol” MFY hududidagi Zarafshon Golden Group MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida yuz bergan. Yong‘in texnologik jarayonning buzilishi oqibatida kelib chiqqan.

Hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yong‘in joyida bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zudlik bilan holat yuz bergan hududga yetib borgan va qisqa muddat ichida yong‘in bartaraf etilgan.

Avvalroq Andijondagi “O‘zbegim” savdo majmuasida, Buxorodagi mehmonxona yerto‘lasida, Ohangaronda yo‘l bo‘yidagi maydonda yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2021-yil boshidan beri sodir bo‘lgan yong‘inlarda 46 kishi vafot etdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar