Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 2020-yilning boshidan iyun oyining oxirigacha O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib olmadi, deb xabar bermoqda Spot “Interfaks”ga tayanib.

Foto: “Vedomosti”

Foto: “Vedomosti”

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, “Gazprom” O‘zbekistondan 2019-yilda 7,6 milliard kubometr (shu jumladan, birinchi yarim yillikda 3,3 milliard kubometr), 2018-yilda 6,7 milliard kubometr va 2017- yilda 7,2 milliard kubometr gaz sotib olgan.

2020-yilning birinchi yarmida “Gazprom” Turkmanistondan gaz sotib olishni ko‘paytirdi — 2019-yilning birinchi olti oyi uchun 1,2 milliard kubometrdan 1,7 milliard kubometrgacha.

Avvalroq “Lukoyl” O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmini qisqartirgan va yilning birinchi yarmini zarar bilan yakunlagan edi. Fevral oyidan avgustgacha kompaniya gaz qazib olishni loyihaviy quvvatini 20 foizgacha qisqartirgan. Bu pandemiya sharoiti tufayli Xitoyda o‘zbek gaziga bo‘lgan talabning pasayishi tufayli yuz berdi.

Iyun oyida Rossiya kompaniyasining ishlab chiqarish quvvati taxminan 40 foizgacha pasaygan, avgust oyida esa u loyihalarning birida ishlab chiqarish va gazni O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilishni butunlay to‘xtatdi.

“Lukoyl” o‘z hisobotida ikkinchi chorakda chet elda, asosan, ishlab chiqarish aktivlari qadrsizlanishidan 39 milliard rubl zarar ko‘rganligini, eng ko‘p zarar (36 milliard dollar)aynan O‘zbekistonga to‘g‘ri kelganligini ma’lum qilgan.

Avvalroq “Lukoyl” Xitoyda talab kamayib ketgani sabab O‘zbekistonda gaz qazib olishni qisqartirgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)