Daryo

Bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 13 bankka sanksiya qo‘llanildi – Markaziy bank

O‘zbekistondagi 13 ta tijorat banklari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan

1 daqiqa o‘qish28 598 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistondagi 13 ta tijorat banklari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Jumladan, tijorat banklari va ularning joylardagi muassasalari to‘lov terminallari bilan ta’minlanganligi, to‘lovlarning qabul qilinishi va bank kartalaridan naqd pul mablag‘lari berilishi hamda terminal orqali to‘lovlarni amalga oshirish yoki pul mablag‘ini naqdlashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatilganda bank kartasi egasiga PIN-kodni mustaqil terishga imkon yaratib berilgan.

“Mazkur hududlarda ayrim bank muassasalarida mijozlarga bank kartalari orqali xizmat ko‘rsatilishida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi va bunga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (“Xalq banki”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Ipak yo‘li banki”, “Ipoteka bank”, “Qishloq qurilish bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Savdogarbank”, Infinbank, “Hamkorbank”, “Milliy bank”, “Aloqabank” va “Turonbank”) belgilangan tartibda sanksiyalar qo‘llanildi”, – deyiladi xabarda.

Bundan avval Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgani, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshgani hamda O‘zbekistonda 2 ming va 20 ming so‘mlik banknotalar muomalaga kiritilishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar